«UMS» MChJ TIJORAT VAKILI TOMONIDAN TAQDIM QILINADIGAN HUJJATLAR RO‘YXATI
Mazkur shartnomani tuzish uchun Tijorat vakili «UMS» MChJga quyidagi hujjatlarning nusxalarini taqdim qilishi kerak:
1. Ustav;
2. Savdo nuqtasi sifatida ishlatiladigan xonaning ijara shartnomasi yoki xonaga egalik huquqi to‘g‘risidagi guvohnoma;
3. Savdo nuqtasining operatori va direktorini (yoki imzo qo‘yish huquqiga ega bo‘lgan shaxs) tayinlash haqidagi buyruq;
4. Savdo nuqtasi tashqi tarafi va ichki qismining rasmlari;
5. Savdo nuqtasining operatori va direktor tashkilot rahbarining pasporti;
6. Davlat soliq xizmatining organlari tomonidan, tashkilot QQS to‘lovchisi ekanligi (agar Tijorat vakili QQS to‘lovchisi bo‘lsa) to‘g‘risida berilgan ma’lumotnomaning asl nusxasi.
«Mobil ofis» sinfidagi savdo nuqtalari uchun:
1. Ustav;
2. Guvohnnoma;
3. Direktor buyrug‘i va pasport asl nusxasidan nusxa;
4. Operator buyrug‘i va pasport asl nusxasidan nusxa;
5. Avtomobilga ijara shartnomasi;
6. Sotuvlar manzillari bo‘yicha axborot xati;
7. Bankdan ma’lumotnoma;
8. Avtomobilning texnik pasporti;
9. Haydovchilik guvohnomasi;
10. Avtomobilda reklama joylashtirish uchun ruxsatnoma.